Rossiyada mehnat faoliyatini yuritish uchun patent olishni rejalashtirgan fuqarolar uchun hujjatlarni qabul qilish tartibiga o'zgartirish kiritildi. Endilikda hujjatlarni topshirish jarayoni faqat oldindan yozilish orqali amalga oshiriladi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, soat 08:00 dan 12:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida hujjatlar faqat oldindan yozilgan shaxslardan qabul qilinadi. Ushbu tartibga rioya qilish migrantlarning vaqtini tejash va navbatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.
Shuningdek, soat 12:00 dan keyin ham oldindan yozilgan fuqarolar ustuvor tartibda qabul qilinishi belgilangan. Patent olish istagida bo'lgan shaxslar belgilangan muddatlarda hujjatlarini topshirishlari uchun tegishli tizim orqali oldindan ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.









