Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi IIV xodimlari tomonidan chet el fuqarosining Rossiya hududida noqonuniy bo'lishini tashkil etish holati aniqlandi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 40 yoshli Nikolayevskoye qishlog'i fuqarosi 35 yoshli O'zbekiston Respublikasi fuqarosining mamlakatda noqonuniy qolishi uchun sharoit yaratgan.
Aniqlanishicha, 2026-yil 18-avgust kuni gumonlanuvchi ayol xorijlik shaxs uchun mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini tasdiqlovchi soxta hujjatlar hamda mehnat shartnomasi tuzilganligi to'g'risidagi bildirishnomani rasmiylashtirgan. Ushbu hujjatlar keyinchalik patent olish uchun foydalanilgan.
Qorachoy-Cherkasiya IIV tomonidan to'plangan materiallar asosida Cherkessk shahri IIB tergov organi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 1-qismi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Hozirda ayolga nisbatan yashash joyidan chiqmaslik va tegishli xulq-atvor haqida tilxat ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Eslatib o'tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko'ra, mehnat faoliyati uchun hujjatlarni soxtalashtirish yoki firibgarlik yo'li bilan patent olish jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunday holatlarda nafaqat hujjat tayyorlagan shaxslar, balki soxta hujjatlardan foydalangan xorijlik fuqarolar ham javobgarlikka tortilishi hamda deportatsiya qilinishi mumkin.









