SOS
Hujjatlar

Rossiyaga kirayotgan chet el fuqarolari uchun «Gosuslugi RuID» ilovasi

Rossiyaga kirayotgan chet el fuqarolari uchun «Gosuslugi RuID» ilovasi

Rossiyaga kirishni rejalashtirayotgan yoki ayni vaqtda mamlakat hududida bo'lib turgan chet el fuqarolari uchun «Gosuslugi RuID» (ruID) mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Ushbu ilova xorijliklarga bir qator davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkonini beradi.

Ilova yordamida foydalanuvchilar Rossiyaga kirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Ariza safar maqsadi, sanasi, yo'nalishi va hamrohlik qilayotgan bolalar ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Hujjatni chegarani kesib o'tishdan kamida 72 soat oldin yuborish talab etiladi. Favqulodda holatlarda (yaqin qarindoshning vafoti yoki og'ir kasalligi) ariza 4 soat oldin topshirilishi mumkin, biroq buning uchun tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi.

Shuningdek, ilova orqali biometrik ma'lumotlarni (yuz surati va ovoz yozuvi) topshirish, kirish taqiqlarini tekshirish hamda raqamli profil shakllantirish imkoniyati mavjud. Profilda shaxsiy ma'lumotlar, vizalar, mehnat faoliyati va boshqa hujjatlar jamlanadi. Chegaradan o'tgandan so'ng va hisob qaydnomasi tasdiqlangach, foydalanuvchiga QR-kod taqdim etiladi. Ushbu kodni IIV xodimlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan birga ko'rsatish mumkin.

Ilova, shuningdek, Rossiya hududida tibbiy sug'urta rasmiylashtirish, IIV organlariga yozilish va mahalliy mobil aloqa operatorlaridan SIM-karta olish kabi xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradi. Dasturni App Store, Google Play, RuStore va AppGallery platformalaridan yuklab olish mumkin. Eslatib o'tamiz, Moskva va Moskva viloyatida vizasiz tartibda kirgan chet el fuqarolari uchun «Amina» ilovasi orqali migratsiya hisobiga turish majburiyati ham amal qiladi.

31.08.20263