SOS
Hujjatlar

Rossiyaga kirishda biometrik ma'lumot topshirish tartibi 2027-yil oxirigacha uzaytirildi

Rossiyaga kirishda biometrik ma'lumot topshirish tartibi 2027-yil oxirigacha uzaytirildi

Rossiya hukumati xorijlik fuqarolarning biometrik ma'lumotlarini to'plash bo'yicha o'tkazilayotgan sinov muddatini uzaytirish to'g'risida qaror qabul qildi. Unga ko'ra, endilikda xorijliklar 2027-yilning 31-dekabriga qadar Rossiya chegarasini kesib o'tishda ushbu tartibdan o'tishlari shart bo'ladi.

Avvalroq ushbu sinov jarayoni 2026-yilning 30-iyuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan edi. Yangi o'zgarishlar chegaradagi nazorat punktlarida xorijliklarning barmoq izlarini olish va ularni suratga tushirish jarayonini o'z ichiga oladi.

Ushbu tartib Rossiyaga kirib kelayotgan barcha xorijliklarga taalluqli bo'lib, chegaradan o'tish jarayonida mazkur biometrik ma'lumotlarni taqdim etish majburiy hisoblanadi. Migrantlar safar oldidan ushbu qoidalarga rioya qilishlari va nazorat punktlarida qo'shimcha vaqt talab etilishi mumkinligini inobatga olishlari tavsiya etiladi.

31.08.20262