Rossiya IIVning Tambov tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida xorijiy fuqarolarni noqonuniy ro‘yxatga olish holati aniqlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Krutiye Viselki qishlog‘ida yashovchi mahalliy fuqaro o‘z uyida xorijlik shaxslarni soxta hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Aniqlanishicha, uy egasi 2025-yil yanvar va noyabr oylarida xorijiy fuqarolar haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etib, ularni o‘z yashash manziliga uch marta noqonuniy ravishda ro‘yxatga qo‘ygan. Ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan va u bilan bog‘liq surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.2-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun 500 ming rublgacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Tambov viloyati IIB hududda noqonuniy yashayotgan xorijiy fuqarolar haqida ma’lumot berish uchun 79-09-54 raqamli ishonch telefonlari tunu kun faoliyat yuritayotganini eslatib o‘tdi.









