SOS
Hujjatlar

Tataristonda migrantlar uchun patent to'lovi 13,3 ming rublgacha oshishi kutilmoqda

Tataristonda migrantlar uchun patent to'lovi 13,3 ming rublgacha oshishi kutilmoqda

Tatariston Respublikasida 2027-yildan boshlab xorijlik mehnat migrantlari uchun patent to'lovlari miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda. Mintaqa Davlat kengashining byudjet qo'mitasi mehnat bozori xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffitsiyentni belgilash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi.

Unga ko'ra, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) qo'lida ishlovchi chet el fuqarolari uchun patent narxi avvalgi 7,9 ming rubldan 9,4 ming rublga ko'tarilishi kutilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun ishlovchi migrantlar esa oyiga 13,3 ming rubl miqdorida to'lov amalga oshirishi mumkin. Bu o'zgarishlar jami 19 foizli o'sishni anglatadi.

Patent qiymatini hisoblashda bazaviy soliq stavkasi, deflyator-koeffitsiyenti (2,842) va mintaqaviy koeffitsiyent (2,77) hisobga olinadi. Mintaqaviy koeffitsiyentni belgilashda xorijlik xodimlarning prognoz qilinayotgan o'rtacha oylik ish haqi (72,6 ming rubl) asos qilib olingan. Rasmiylarning ta'kidlashicha, ushbu chora soliq tushumlarini ko'paytirish va «yashirin» to'lovlarning oldini olishga qaratilgan.

Ma'lumot uchun, 2025-yilning IV choragi holatiga ko'ra, Tatariston Rossiya bo'yicha xorijlik mehnat migrantlarini jalb qilish bo'yicha beshinchi o'rinda turadi. Mamlakat bo'ylab o'tgan yili jami 2,3 millionta patent rasmiylashtirilgan bo'lib, bu 2024-yilga nisbatan 9 foizga ko'pdir.

24.09.20263