SOS
Hujjatlar

Yangi pasport olgan migrantlar qaysi hujjatlarni yangilashi shart?

Yangi pasport olgan migrantlar qaysi hujjatlarni yangilashi shart?

Rossiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan va pasportini almashtirgan fuqarolar o‘zlarining amaldagi hujjatlariga o‘zgartirish kiritishlari kerak. Bu jarayon migrantning qonuniy maqomini tasdiqlovchi hujjatlar bilan yangi pasport ma’lumotlari o‘rtasida moslikni ta’minlash uchun muhimdir.

Avvalo, amaldagi patentga ega bo‘lgan shaxslar migratsiya markaziga murojaat qilib, patent ma’lumotlarini yangilashlari lozim. Buning uchun pasport, patentning o‘zi, to‘lov cheklari hamda yangi pasportning notarial tasdiqlangan tarjimasi talab etiladi. Hujjatlar 10 kun ichida qayta rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami (INN) uchun Soliq xizmati bo‘limiga, sug‘urta guvohnomasi (SNILS) uchun esa Rossiya Ijtimoiy fondi yoki “Moi dokumenty” (MFC) markazlariga murojaat qilish zarur. Ushbu idoralarda “Gosuslugi” tizimidagi ma’lumotlar ham yangilanadi.

Bundan tashqari, tibbiy sug‘urta (DMS) kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, sug‘urta polisini yangilash, bank va mobil aloqa operatorlariga yangi pasport ma’lumotlarini taqdim etish kerak. Ish beruvchini ham xabardor qilish shart, chunki mehnat shartnomasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi talab etiladi.

31.08.20265