SOS
Jinoyat

11 yil avvalgi jinoyat uchun 56 yoshli muhojir qo'lga olindi

11 yil avvalgi jinoyat uchun 56 yoshli muhojir qo'lga olindi

Moskva politsiyasi 2015-yilning iyul oyida Varshava shossesidagi bankka qilingan bosqinni fosh qildi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, o'sha vaqtda noma'lum shaxs bankka kirib, kassirlarga qurolga o'xshash buyum bilan tahdid qilgan va 9 million rubldan ortiq mablag'ni (rubl, yevro va AQSh dollari) o'g'irlab, voqea joyidan yashiringan.

Jinoyat sodir etilgan vaqtda politsiya xodimlari bank yaqinidagi chiqindi konteyneridan jinoyatchiga tegishli bo'lishi mumkin bo'lgan kurtkani topishgan. Ekspertiza ushbu kiyimdan noma'lum shaxsning DNK profilini ajratib olib, federal bazaga kiritgan. Biroq, o'sha vaqtda gumonlanuvchini aniqlash imkoni bo'lmagan.

Oradan 11 yil o'tib, Tver viloyati IIV ekspertiza markazidan olingan ma'lumotlar asosida DNK profili yaqin xorijdan kelgan 56 yoshli fuqaroning genetik ma'lumotlari bilan mos kelgani aniqlandi. Shundan so'ng, sud-portret ekspertizasi va jabrlanuvchilardan birining ko'rsatmasi gumonlanuvchining shaxsini tasdiqladi.

Rossiya IIV va Moskva politsiyasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumonlanuvchi Moskva viloyatidagi yashash manzilida qo'lga olindi. Hozirda unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi (bosqinchilik) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlangan.

16.10.20262