SOS
Jinoyat

Chelyabinskda noqonuniy ibodat uyi tashkilotchisi qo'lga olindi

Chelyabinskda noqonuniy ibodat uyi tashkilotchisi qo'lga olindi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Chelyabinsk shahridagi bozorlardan birida noqonuniy ibodat uyi tashkil etgan xorijlik fuqaroni qo'lga oldi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu shaxs ibodat uyiga keluvchilar orasida Rossiya hududida faoliyati taqiqlangan xalqaro diniy birlashma g'oyalarini targ'ib qilgan. Shuningdek, u turli diniy konfessiya vakillariga, jumladan, boshqa oqimdagi musulmonlarga nisbatan adovat uyg'otishda ayblanmoqda.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, gumonlanuvchi o'zining keskin chiqishlari bilan rasmiy diniy idoralar vakillari o'rtasida nizoli vaziyatlarni keltirib chiqargan. Qo'lga olingan shaxsga nisbatan Rossiya fuqaroligini bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

31.08.20264