SOS
Jinoyat

Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazining sobiq rahbari ustidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish toʻxtatildi

Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazining sobiq rahbari ustidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish toʻxtatildi

Moskvadagi Saxarovo qishlog'ida joylashgan Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazining (SVSIG) sobiq rahbari Aleksey Lagodaga nisbatan ochilgan jinoyat ishi vaqtincha to'xtatildi. Huquq-tartibot idoralari ma'lumotiga ko'ra, polkovnik Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, maxsus harbiy operatsiya hududiga jo'nab ketgan.

Lagoda 2023-yilning avgustidan 2024-yilning avgustigacha bo'lgan davrda poraxo'rlikda ayblangan edi. Tergov versiyasiga ko'ra, u va markazning boshqa xodimlari belgilangan qoidalarni chetlab o'tib, posilkalarni qabul qilish evaziga 1 million rubldan ortiq mablag' olganlikda gumon qilingan. Shuningdek, markazda xizmat qilgan ikki inspektor migrantlarning yaqinlaridan uchrashuvlar tashkil etish va vataniga tezroq qaytarish va'dasi bilan pul talab qilgani aniqlangan.

Sobiq rahbar o'ziga qo'yilgan ayblovlarni tan olmagan va qo'l ostidagi xodimlar uni tuhmat qilganini da'vo qilgan. Ayni paytda ayblanuvchilarning 32 million rubldan ortiq qiymatdagi mol-mulkiga xatlov qo'yilgan. Lagodaning harbiy xizmatga ketishi munosabati bilan unga nisbatan yuritilgan sud jarayoni to'xtatib turilibdi.

09.09.20264