SOS
Jinoyat

Krasnoyarsk o'lkasida qidiruvda bo'lgan 27 kishi, jumladan, o'zbekistonlik fuqaro qo'lga olindi

Krasnoyarsk o'lkasida qidiruvda bo'lgan 27 kishi, jumladan, o'zbekistonlik fuqaro qo'lga olindi

Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmatining Krasnoyarsk o'lkasi bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ikki kun davomida «Rozisk» (Qidiruv) operativ-profilaktika tadbiri o'tkazildi. Tadbir doirasida huquq-tartibot organlaridan yashiringan 27 nafar shaxs qo'lga olindi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, operatsiya davomida qidiruvdagi shaxslar bo'lishi mumkin bo'lgan 800 dan ortiq manzil tekshirilgan. Qo'lga olinganlar orasida o'g'rilik jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinayotgan bir nafar O'zbekiston fuqarosi ham borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushlanganlar orasida harbiy xizmat joyini o'zboshimchalik bilan tark etgan bir nafar erkak va federal qidiruvda bo'lgan yana 24 nafar shaxs mavjud. Hozirda qo'lga olinganlarga nisbatan tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.

19.10.20262