SOS
Jinoyat

Leningrad viloyatida noqonuniy migrant vatandoshiga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Leningrad viloyatida noqonuniy migrant vatandoshiga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Leningrad viloyatining Sertolovo shahridagi qurilish maydonchalaridan birida 2-oktabrga o'tar kechasi jiddiy hodisa yuz berdi. Qurilish vagonchasida yashovchi 32 yoshli Markaziy Osiyo fuqarosi pichoq jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlar jabrlanuvchining ahvolini og'ir deb baholamoqda.

Hodisa joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari xodimlari gumonlanuvchini aniqladi. 41 yoshli vatandosh o'sha kuni qurilish hududida qo'lga olindi. Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko'ra, mojaro o'zaro maishiy kelishmovchilik sababli yuzaga kelgan va gumonlanuvchi bir necha bor pichoq bilan zarba bergan.

Tekshiruv davomida har ikki shaxs ham Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy tarzda bo'lib turgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Rossiya qonunchiligiga ko'ra, mamlakatda noqonuniy bo'lib turgan xorijiy fuqarolar nafaqat ma'muriy javobgarlikka, balki jinoyat sodir etgan taqdirda og'ir jinoiy jazolarga tortilishi hamda jazo muddatini o'tab bo'lgach, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

03.10.20267