SOS
Jinoyat

Moskvada jinoyat sodir etgan xorijlik fuqaro hibsga olindi

Moskvada jinoyat sodir etgan xorijlik fuqaro hibsga olindi

Moskva shahrining Voykovskiy tumanida 18 yoshli qizga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlikda gumon qilingan 40 yoshli xorijlik fuqaro qo'lga olindi. Voqea Leningrad shossesidagi jamoat transporti bekatlaridan birida yuz bergan.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, mast holatdagi erkak o'zini huquq-tartibot organi xodimi deb tanishtirib, qizdan hujjatlarini talab qilgan. Qiz rad javobini bergach, gumonlanuvchi uni ta'qib qilib, qarovsiz joyda kaltaklagan va jinsiy tajovuz qilishga uringan. Jabrlanuvchi faol qarshilik ko'rsatib, voqea joyidan qochishga muvaffaq bo'lgan.

Rossiya Tergov qo'mitasi xabariga ko'ra, qo'lga olingan shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Sud qarori bilan gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Bundan tashqari, erkak Rossiyada bo'lish qoidalarini buzgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan va unga 5 ming rubl miqdorida jarima solingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

10.09.20268