SOS
Jinoyat

Muhojir internetdagi izohi uchun 12 ming rubl jarimaga tortildi

Muhojir internetdagi izohi uchun 12 ming rubl jarimaga tortildi

Tula viloyatining Bogoroditsk tumanlararo sudi ijtimoiy tarmoqlarda milliy adovatni qo'zg'atuvchi ma'lumotlar tarqatganlikda ayblangan ayolga nisbatan hukm chiqardi. Sud qaroriga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi 12 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi.

Sud materiallarida keltirilishicha, joriy yilning 3-fevral kuni ayol internetdagi postlardan biriga izoh qoldirgan. Mazkur post Tojikiston fuqarolarining deportatsiya qilinishi mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, ayolning izohi Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining sha'nini kamsituvchi mazmunda deb topilgan.

Sud jarayonida ayol o'z aybiga iqror bo'ldi. Uning tushuntirishicha, izoh qoldirilishiga boshqa foydalanuvchilar tomonidan uning farzandi shaxsiga nisbatan aytilgan haqoratlar sabab bo'lgan va u hissiyotga berilib, noto'g'ri xatti-harakat sodir etganini bildirib, pushaymonligini izhor qildi.

Ushbu holat Rossiyada yashovchi migrantlar uchun ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday yozishmalar qonuniy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkinligini eslatadi. Internetda milliy, irqiy yoki diniy nafratni qo'zg'atuvchi har qanday fikrlar Rossiya qonunchiligiga ko'ra ma'muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

09.09.20264