Nijniy Novgorod viloyati ichki ishlar organlari xodimlari 2026-yilning 14-15-oktabr kunlari «Rozisk» (Qidiruv) maxsus operatsiyasini o'tkazdi. Tadbir davomida jami 543 nafar huquq-tartibot organi xodimi va 6 nafar jamoat tashkiloti vakili jalb etildi.
Ikki kunlik tezkor tadbirlar natijasida jinoyat sodir etganlikda gumonlangan va ayblangan 45 nafar shaxs qo'lga olindi. Ular orasida O'zbekiston Respublikasi tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan shaxslar ham bor.
Xususan, Bor shahrida 62 yoshli O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi. U Navoiy viloyati IIB tomonidan oilaviy (maishiy) zo'ravonlikda ayblanib, qidiruvga berilgan edi. Ayni paytda ushlangan shaxs qamoqqa olingan.
Shuningdek, operatsiya davomida bedarak yo'qolgan 40 nafar fuqaroning manzili aniqlandi. Politsiya xodimlari qidiruv ishlari doimiy ravishda olib borilishini va qonunbuzarlarni aniqlash bo'yicha choralar davom etishini eslatib o'tdi.









