SOS
Jinoyat

Noqonuniy tamaki fabrikalarida ishlagan migrantlar nazoratchisi qo'lga olindi

Noqonuniy tamaki fabrikalarida ishlagan migrantlar nazoratchisi qo'lga olindi

Krasnodar shahrida o'lka Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'ining sobiq o'rinbosari, polkovnik Aleksey Cheburakov qo'lga olindi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yuqori martabali xodimning hibsga olinishi noqonuniy tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog'liq jinoyat ishlari doirasida amalga oshirilgan.

O'tgan yilning yozidan buyon huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hududda to'rtta yashirin zavod va bir nechta omborxona aniqlangan. Tergov harakatlari natijasida umumiy qiymati 2,5 milliard rublga teng bo'lgan kontrafakt mahsulotlar musodara qilingan.

Aniqlanishicha, ushbu yashirin sexlarda asosan xorijlik fuqarolar mehnat qilgan. Tergov xulosalariga ko'ra, polkovnik Aleksey Cheburakov ichki ishlar tizimida aynan ushbu xorijlik ishchilar ustidan nazoratni amalga oshirish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'ul bo'lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Ushbu voqea noqonuniy korxonalarda ishga joylashish xavfi va uning oqibatlari haqida yana bir bor eslatib o'tadi.

02.09.20265