SOS
Jinoyat

Novosibirskda 3 yoshli qizchani vahshiylarcha qiynab o'ldirgan O'zbekiston fuqarosi ustidan sud boshlandi

Novosibirskda 3 yoshli qizchani vahshiylarcha qiynab o'ldirgan O'zbekiston fuqarosi ustidan sud boshlandi

Novosibirsk viloyat sudida insoniyat vahshiyligining eng mudhish ko'rinishlaridan biri bo'lgan jinoyat ishini ko'rib chiqish davom etmoqda. Sud zalidagi temir panjara ortida turgan ayblanuvchi — 28 yoshli O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Jo'rayev Botirali Olimjon o'g'li.

Asli Jizzax viloyatidan bo'lgan Botirali Jo'rayev Rossiya Federatsiyasi hududiga pul topish maqsadida kelgan. Biroq, tergov materiallariga ko'ra, u nafaqat qonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullanmagan, balki Novosibirskda o'zi ijaraga olgan kvartirada haqiqiy "jinoiy xonadon" tashkil qilgan. Mahalliy huquq-tartibot organlarining ma'lumotlariga ko'ra, Jo'rayev internet orqali mahalliy ayol bilan tanishib, tez orada u va uning 3 yoshli qizi bilan Novosibirskning Markaziy tumanidagi Krasniy prospektdagi kvartirada birga yashay boshlagan.

Ayol va uning kichik yoshli farzandi Jo'rayevga to'liq moddiy hamda turar joy jihatidan qaram bo'lib qolgan. Bundan foydalangan Jo'rayev 2026-yilning 25-martidan 27-apreliga qadar ularni uydan tashqariga chiqarmay, tashqi dunyodan uzib qo'ygan. Sud materiallari va guvohlarning ko'rsatmalariga ko'ra, zo'ravonlik harakatlari deyarli har kuni, ko'pincha onaning ko'z o'ngida sodir etilgan:

• Mart oyi oxirida Jo'rayev 3 yoshli qizchani oyog'i bilan siltab tepgan. Bola polga yiqilganda, ona qizini o'z tanasi bilan to'sib qolmoqchi bo'lgan, biroq zo'ravon ayolning qo'llariga ayovsiz zarbalar bergan. • Boshqa bir safar u kichkina qizchaning yuzidan tishlab olgan. • Tergov xulosasiga ko'ra, Jo'rayev aprel oyi boshida bolaning boshi va tanasiga kamida 22 marta kuchli zarba bergan. Ona farzandini himoya qilishga uringanida, Jo'rayev uni sochlaridan sudrab, devorga urgan va tepgan. • Bolaning sog'lig'i og'irlasha boshlaganini ko'rib turib, Jo'rayev uyga shifokorlar chaqirishga mutlaqo yo'l qo'ymagan.

Aprel oyining oxirida qiynoqlar yanada mudhish tus olgan. Qizcha ovqatlanayotib tiqilib qolgan paytda, Jo'rayev uning boshiga qattiq urgan va bola mebelga borib urilgan. Shundan so'ng u qizchani oyoqlaridan turnikka (xonadagi to'siqqa) teskari qilib osib qo'ygan va uning nozik tanasiga ignalar sancha boshlagan. Ona qizchani qutqarib olishga muvaqfaq bo'lganidan yaqin, ayblanuvchi ayolning ham qo'l va oyoqlarini bog'lab tashlagan. O'sha kuni kechroq, qizchadan butunlay xalos bo'lishni maqsad qilgan Botirali Jo'rayev bolaning yuzi va boshiga bir necha bor urib, matras ustiga otgan. Qizcha hushini yo'qotayotgan bir paytda, uning qorniga juda kuchli zarba bergan. Bu zarba bola uchun halokatli bo'lgan. Og'ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan qizcha 2026-yil 28-aprel kuni ertalab reanimatsiya bo'limida vafoti etgan.

Botirali Olimjon o'g'li Jo'rayevga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining bir nechta og'ir moddalari bo'yicha ayblov e'lon qilingan. Bunga ikki kishini qiynash, ojiz ahvoldagi bolani shafqatsizlik bilan o'ldirish va voyaga yetmagan shaxsga qasddan og'ir shikast yetkazish bandlari kiradi. Ushbu moddalar bo'yicha unga umrbod qamoq jazosi berilishi kutilmoqda. 13-oktabrda o'tgan birinchi sud majlisida Jo'rayev qiynoqlar va qotillik bo'yicha aybini mutlaqo tan olmadi. U faqat jahl ustida qizchani urganini va uning o'limini istamaganini aytib, aybini qisman tan olgan, xolos. Sud qarori bilan Jo'rayevni hibsda saqlash muddati 2027-yilning 30-martiga qadar uzaytirildi. Sud tergovi davom etmoqda.

15.10.20261