SOS
Jinoyat

Peterburgda firibgarlar uchun noqonuniy aloqa tarmog‘ini tashkil etganlar sud qilinadi

Peterburgda firibgarlar uchun noqonuniy aloqa tarmog‘ini tashkil etganlar sud qilinadi

Rossiya IIVning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi xodimlari firibgarlik bilan shug‘ullangan jinoiy guruhga aloqador ikki nafar xorijlik fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘ydi. 22 va 24 yoshli shaxslar ijaraga olingan xonadonda firibgarlar uchun maxsus aloqa uzeli tashkil etishgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar GSM-shlyuzlar orqali telefon trafigini o‘tkazish va uzluksiz ishlashini ta’minlash bilan shug‘ullangan. Ular kuratorlardan olingan SIM-kartalarni qurilmalarga o‘rnatib, firibgarlarga Rossiya fuqarolariga davlat idoralari vakillari nomidan qo‘ng‘iroq qilish imkonini yaratib berishgan. Firibgarlar ushbu usul orqali jabrlanuvchilarni pullarini o‘zlariga tegishli hisob raqamlariga o‘tkazishga majburlagan.

Politsiya tomonidan o‘tkazilgan tintuv davomida 260 ta SIM-karta, uchta GSM-shlyuz, noutbuk, router va bank kartalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Aniqlanishicha, mazkur texnik yordam orqali 10 nafar fuqaroning 4 million rubldan ortiq mablag‘i o‘zlashtirilgan.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanib, ayblov xulosasi prokuratura tomonidan tasdiqlandi. Yetkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchilarning 500 ming rubllik mol-mulkiga xatlov qo‘yildi. Ish mazmunan ko‘rib chiqish uchun Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tuman sudiga yuborildi.

28.08.20268