SOS
Jinoyat

Peterburgda politsiyachiga pora taklif qilgan migrant qo‘lga olindi

Peterburgda politsiyachiga pora taklif qilgan migrant qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgning Pushkin tumanida 32 yoshli Markaziy Osiyo fuqarosi huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. Hodisa 23-avgust kuni Moskva shossesida sodir bo‘lgan. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tekshiruv uchun to‘xtatgan «Ford» rusumli avtomobil haydovchisida tegishli haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlangan.

Politsiya xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, qoidabuzarlikni yashirish maqsadida haydovchi inspektorga pora taklif qilgan. Xodim qonuniy javobgarlik haqida ogohlantirganiga qaramay, erkak pul mablag‘ini Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks kitobi ichiga solib, qayta taklif qilgan. Ushbu harakatdan so‘ng huquq-tartibot xodimlari qoidabuzarni hibsga olgan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining mansabdor shaxsga pora berishga urinish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda gumonlanuvchiga nisbatan yashash joyidan ketmaslik to‘g‘risidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

04.09.20264