Nijniy Novgorod viloyatida yaqin xorij davlatlaridan birining fuqarosi qalbaki hujjatlardan foydalanganlikda ayblanib, sud hukmini eshitdi. 1990-yilda tug'ilgan shaxs 2026-yil iyun oyida yo'l-patrul xizmati xodimlari tomonidan hujjatlarni tekshirish jarayonida qo'lga olingan.
Tekshiruv davomida erkak taqdim etgan patent va vaqtinchalik ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi bildirishnoma qalbaki ekanligi aniqlangan. Ekspertiza xulosalaridan so'ng, Rossiya Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismi (qalbaki hujjatlarni tayyorlash, sotib olish yoki ulardan foydalanish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Tergov jarayonida ayblanuvchi Rossiya hududida qonuniy bo'lishini tasdiqlovchi hujjatlarni noqonuniy yo'l bilan sotib olganligi isbotlangan. Ish materiallari sudga oshirilgach, sud hukmi bilan erkak 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni manzil-koloniyada o'taydi.
Nijniy Novgorod viloyati politsiyasi xorijlik fuqarolarni ogohlantiradi: qalbaki hujjatlarni tayyorlash yoki ulardan foydalanish Rossiya qonunchiligiga ko'ra jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.









