SOS
Jinoyat

Romantik muhojir qidirilmoqda

Romantik muhojir qidirilmoqda

Novosibirsk shahridagi gul do'konlaridan birida o'g'rilik sodir etildi. Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston fuqarosi ekanligi aytilayotgan shaxs do'konga kirib, 8 ming rubl qiymatidagi atirgul guldastasini tayyorlashni so'ragan.

Sotuvchi guldastani tayyorlayotgan vaqtda, mijoz undan ikkinchi guldastani ko'rsatishini iltimos qilgan. Sotuvchi muzlatgich qismidan guldastani olish uchun chalg'igan paytda, gumonlanuvchi tayyor bo'lgan guldastani olib, voqea joyidan qochib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Rossiya hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaro qonun hujjatlariga rioya qilishi hamda jamoat tartibini saqlashi muhim ahamiyatga ega. Huquqbuzarliklar nafaqat ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka, balki mamlakatda qonuniy yashash va ishlash huquqining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

31.08.20264