SOS
Jinoyat

Rossiya-Finlandiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan migrant hibsga olindi

Rossiya-Finlandiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan migrant hibsga olindi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi xodimlari Vyborg tumanida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatining oldini oldi. Finlandiya tomon yo‘l olgan Markaziy Osiyo fuqarosi chegarachilar tomonidan qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud qaroriga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tarzidagi jazo tayinlandi.

Chegara xizmati vakillari Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish jiddiy huquqbuzarlik hisoblanishini eslatib o‘tdi. Rossiya Jinoyat kodeksiga muvofiq, bunday harakatlar uchun ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.

05.09.20265