SOS
Jinoyat

Rossiyada ekstremistik faoliyat uchun javobgarlik: voyaga yetmaganlar ham ro'yxatga olinmoqda

Rossiyada ekstremistik faoliyat uchun javobgarlik: voyaga yetmaganlar ham ro'yxatga olinmoqda

Rossiya Federal moliya monitoringi xizmati (Rosfinmonitoring) terrorchi va ekstremistlar ro'yxatiga 14 yoshli samaralik o'quvchi qizni kiritdi. 8-oktabr kuni e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, o'quvchi qiz taqiqlangan adabiyotlarni saqlash hamda ekstremistik mazmundagi internet-chatlarda ishtirok etishda gumon qilingan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining aniqlashicha, qiz o'z sinfdoshiga pichoq bilan hujum qilganidan so'ng qo'lga olingan. Hozirda u 30 kunlik hibsga olingan va majburiy davolanishga yuborilgan. Tergov jarayonida uning ekstremistik guruhlar ta'siriga tushib qolgani ma'lum bo'lgan.

Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmatining joriy yil iyul oyidagi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda yollash natijasida terrorchilik jinoyatlarini sodir etgan o'smirlar soni 2,2 baravarga, ekstremistik yo'nalishdagi jinoyatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar soni esa 1,4 baravarga oshgan.

Ushbu holat ota-onalar va vasiylarning farzandlarining internetdagi faoliyati hamda ular muloqot qilayotgan doiralarni nazorat qilishlari muhimligini ko'rsatadi. Qonunchilikka ko'ra, ekstremistik materiallarni saqlash yoki tarqatish og'ir huquqiy oqibatlarga, jumladan, jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

09.10.20261