SOS
Jinoyat

Rossiyada huquq-tartibot xodimiga qarshilik ko‘rsatgan xorijlik uy qamog‘iga olindi

Rossiyada huquq-tartibot xodimiga qarshilik ko‘rsatgan xorijlik uy qamog‘iga olindi

Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi huquq-tartibot xodimiga nisbatan zo‘ravonlik ishlatganlikda ayblanayotgan xorijlik fuqaro Maykl Ogundaini ishini ko‘rib chiqdi. Sud qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi 2026-yilning 2-noyabriga qadar uy qamog‘ida saqlanadi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 1-sentabr kuni Murinsk yo‘lida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlikni to‘xtatishga uringan Rossiya gvardiyasi xodimiga nisbatan tajovuz qilib, uning yelka va oyog‘iga ikki marta zarba bergan. Natijada huquq-tartibot xodimi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Sud jarayonida ayblanuvchiga nisbatan bir qator cheklovlar belgilandi. Unga tergovchining yozma ruxsatisiz uy qamog‘i joyini tark etish, shuningdek, ish bo‘yicha guvohlar va jabrlanuvchi bilan muloqot qilish taqiqlandi. Ushbu cheklovlar faqat advokat bilan bog‘liq muloqotlarga taalluqli emas.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, hokimiyat vakiliga nisbatan kuch ishlatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

05.09.20264