Vologda viloyati sudi 26 yoshli xorijlik fuqaroni Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko'ra, erkak 4 yil davomida umumiy tartibli koloniyada jazo o'taydi.
Voqea joriy yilning 15-mart kuni tungi vaqtda sodir bo'lgan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, sudlanuvchi o'z avtomobilida 41 yoshli ayolni manziliga yetkazib qo'ymoqchi bo'lgan. Soat 04:00 atrofida Janubiy shosse va Sheksninskiy prospekti kesishmasida to'xtagan avtomobil ichida erkak yo'lovchiga nisbatan zo'ravonlik qilgan.
Sud jarayonida ayblanuvchi o'z aybiga iqror bo'lmagan va faqat yo'lovchini manziliga tashlab qo'yganini, hech qanday jinoyat sodir etilmaganini da'vo qilgan. Biroq jabrlanuvchining ko'rsatmalari sud tomonidan ishonchli deb topildi. Sud hukmiga ko'ra, mahkum jabrlanuvchiga ma'naviy zarar uchun 100 ming rubl miqdorida kompensatsiya to'lashi ham belgilandi.









