SOS
Jinoyat

Rossiyada noqonuniy oltin qazib olishga jalb qilingan 24 nafar xorijlik ishi sudga oshdi

Rossiyada noqonuniy oltin qazib olishga jalb qilingan 24 nafar xorijlik ishi sudga oshdi

Amur viloyati prokuraturasi noqonuniy migratsiya va qimmatbaho metallar aylanmasi bilan bog‘liq jinoyat ishini sudga oshirdi. Tergov xulosasiga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari 2024-yilning noyabridan 2025-yilning yanvarigacha 24 nafar xorijlik fuqaroni Rossiyaga yuqori malakali mutaxassislar sifatida olib kirgan.

Migrantlar Selemjin tumanidagi Bissa daryosi vodiysiga olib borilgan va u yerda ruxsat etilmagan hududlarda oltin qazib olishga majburlangan. Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 15 kilogrammdan ortiq oltin va 1 kilogramdan ziyod kumush musodara qilingan. Topilgan qimmatbaho metallarning umumiy qiymati taxminan 130 million rublni tashkil etadi.

Ayblanuvchilarga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil etish va qimmatbaho metallar bilan noqonuniy operatsiyalar o‘tkazish ayblovlari qo‘yilgan. Shuningdek, guruh a’zolaridan biri xorijliklarni soxta migratsiya hisobiga qo‘yganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu moddalar bo‘yicha sudlanuvchilarga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Ushbu holat xorijlik ishchilarni ishga yollashda hujjatlarning qonuniyligiga e’tibor qaratish muhimligini ko‘rsatadi. Migrantlar o‘zlarini ishga yollayotgan shaxslarning faoliyati qonuniy ekanligiga va taklif etilayotgan ish sharoitlari shartnomada ko‘rsatilganiga ishonch hosil qilishlari tavsiya etiladi.

01.09.20262