Moskvaning janubidagi doʻkonlardan birida 11 yoshli maktab oʻquvchisi qoʻriqchi tomonidan zoʻravonlikka uchradi. Bolalar ichimlik va shirinliklarni ryukzakka solib, pulini toʻlamasdan kassadan oʻtmoqchi boʻlganida qoʻriqchi ularni toʻxtatgan.
Xavfsizlik xodimi bolalardan birini qoʻyib yuborgan. Ikkinchi bolani esa politsiya bilan qoʻrqitib, doʻkonda olib qolgan. Bola uning ortidan ikkinchi qavatga chiqqan. Qoʻriqchi bolani hojatxonaga olib kirib, u yerda unga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan.
Bola boʻlib oʻtgan voqeani darhol aytmagan. U boshida vaziyatni doʻstlariga, keyinchalik esa kattalarga soʻzlab bergan. Tibbiy ekspertiza bolaning gaplarini tasdiqlagan. Keyinchalik qoʻriqchining oʻzi ham aybiga iqror boʻlgan.









