SOS
Jinoyat

Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar statistikasi e'lon qilindi

Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar statistikasi e'lon qilindi

Internet tarmoqlarida Rossiyada xorijlik fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar statistikasi mamlakatlar kesimida e'lon qilindi. Ushbu ma'lumotlar rasmiy idoralar tomonidan tasdiqlanmagan bo'lib, ular yopiq tadqiqot natijalari sifatida taqdim etilmoqda.

Statistikaga ko'ra, mutlaq sonlarda O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston fuqarolari ko'proq qayd etilgan. Tahlilchilar buni ushbu davlatlardan kelayotgan mehnat migrantlarining umumiy soni boshqa mamlakatlarga nisbatan ko'pligi bilan izohlamoqda. Xususan, Rossiyada o'zbekistonliklar soni qariyb 1,3 millionni, tojikistonliklar 1 millionni, qirg'izistonliklar esa 500 ming nafarni tashkil etadi.

Ma'lumotlarda jinoyat turlari bo'yicha tahlillar ham keltirilgan. Unda qayd etilishicha, ayrim millat vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar ulushi yuqoriroq ekanligi ta'kidlangan. Biroq, ushbu raqamlar Rossiya IIVning rasmiy statistikasi emasligi va tez orada rasmiy manbalar tomonidan rad etilishi yoki aniqlashtirilishi mumkinligi eslatib o'tilgan.

Migrantlar uchun ushbu holat Rossiya qonunchiligiga rioya qilish muhimligini yana bir bor eslatadi. Har qanday huquqbuzarlik, jumladan, giyohvand moddalar bilan bog'liq jinoyatlar yoki jamoat tartibini buzish migrantning Rossiyada bo'lish huquqini bekor qilish va deportatsiya qilinishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, Rossiyada ishlayotgan vatandoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga qat'iy amal qilish va har qanday shubhali harakatlardan yiroq bo'lish so'raladi.

05.09.202612