SOS
Jinoyat

Rossiyadan chiqib ketayotgan yo'lovchi 39 ming dollar bilan qo'lga olindi

Rossiyadan chiqib ketayotgan yo'lovchi 39 ming dollar bilan qo'lga olindi

Novosibirskdagi «Tolmachevo» aeroportida bojxona xodimlari yirik miqdordagi naqd pul mablag'larini noqonuniy olib chiqishga urinish holatini aniqladi. 35 yoshli xorijlik fuqaro Dushanbe shahriga uchib ketmoqchi bo'lgan vaqtida bojxona nazoratidan o'tayotgan edi.

Tekshiruv jarayonida kinolog va xizmat iti — Byorn laqabli foks-terer yo'lovchining qo'l yukini tekshirib, yashirilgan pullarni aniqladi. Ma'lum bo'lishicha, yo'lovchi xorijda avtomobil sotib olish uchun 39,1 ming dollar olib ketayotgan bo'lgan. Qonunchilikka ko'ra, Rossiyadan deklaratsiyasiz olib chiqilishi mumkin bo'lgan maksimal summa 10 ming dollarni tashkil etadi.

Sibir bojxona boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, yo'lovchi belgilangan cheklovlardan xabardor bo'lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 200.1-moddasi 1-qismi (naqd pul mablag'larini yirik miqdorda kontrabanda qilish) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.

Ushbu qoidabuzarlik uchun qonunda noqonuniy olib o'tilayotgan mablag' summasidan uch baravardan o'n baravargacha jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash jazosi nazarda tutilgan.

14.10.20260