SOS
Jinoyat

Soxta hujjatlar bilan patent olgan migrantlar huquqiy muammoga duch kelishi mumkin

Soxta hujjatlar bilan patent olgan migrantlar huquqiy muammoga duch kelishi mumkin

Rossiya IIVning Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xabariga ko‘ra, Cherkessk shahrida 43 yoshli mahalliy fuqaroga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha ikkita jinoyat ishi ochildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi oldindan til biriktirgan holda xorijiy fuqarolar uchun soxta mehnat shartnomalarini tuzgan.

Ushbu shartnomalar asosida ikki nafar xorijlik fuqaroga Rossiyada ishlash uchun patent rasmiylashtirilgani aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi “a” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan yashash joyidan chiqib ketmaslik tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Migrantlar uchun ushbu holat muhim ogohlantirish hisoblanadi. Agar chet el fuqarosi o‘ziga tegishli patentni soxta hujjatlar yoki haqiqiy ish joyi mavjud bo‘lmagan holda olgan bo‘lsa, bu hujjat keyinchalik qalbaki deb topilishi va bekor qilinishi mumkin. Bu esa migrantning Rossiyadagi qonuniy maqomining yo‘qolishiga va ma’muriy javobgarlikka tortilishiga olib keladi.

Mutaxassislar migrantlarga patent rasmiylashtirishda faqat rasmiy va tekshirilgan ish beruvchilar bilan hamkorlik qilishni, shuningdek, hujjatlarni mustaqil ravishda yoki vakolatli organlar orqali qonuniy tartibda olishni tavsiya etadi.

05.09.20266