Rossiya IIVning Penza shahri bo'yicha boshqarmasi xodimlari 2001-yilda tug'ilgan xorijiy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atdi. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bo'yicha gumon qilinmoqda.
Aniqlanishicha, 25 yoshli migrant migratsiya bo'limiga patent rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan. U taqdim etgan rus tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatning haqiqiyligi politsiya xodimlarida shubha uyg'otgan. O'tkazilgan ekspertiza hujjatning qalbaki ekanligini tasdiqladi.
So'roq jarayonida yigit sertifikatni internetdagi messenjerlar orqali buyurtma qilib, pochta orqali qabul qilib olganini tan olgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rossiya qonunchiligiga ko'ra, mazkur modda bo'yicha aybdor deb topilgan shaxs 1 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Huquq-tartibot organlari migrantlarni rasmiy hujjatlarni olishda faqat qonuniy yo'llardan foydalanishga chaqirmoqda.









