Ivanovo viloyatining Rodniki tuman sudi xalqaro qidiruvda bo'lgan xorijiy fuqaroni 40 sutka muddatga hibsga olindi.
Sud materiallariga ko'ra, ushbu fuqaro xalqaro qidiruvda bo'lgan. U o'z vatanida o'ta yirik miqdordagi firibgarlik, ya'ni aldov yo'li bilan o'zganing mulkini o'zlashtirish yoki mulkka bo'lgan huquqni qo'lga kiritishda ayblanmoqda.
Sud mazkur qarorni jinoyatning og'irligi hamda ekstraditsiya jarayonlarini ta'minlash zarurati bilan izohladi. Hibsga olish chorasi shaxsni o'z davlati huquq-tartibot organlariga topshirish va javobgarlikka tortish maqsadida qo'llanilgan.
Ivanovo viloyati sudlari matbuot xizmati xabariga ko'ra, mazkur jarayon xalqaro huquqiy normalar doirasida amalga oshirilmoqda. Qidiruvdagi shaxs ushbu muddat davomida tergov izolyatorida saqlanadi.









