Rossiyaning Moskva viloyati Odintsovo shahar okrugiga qarashli Novoivanovskoye qoʻrgʻonida joylashgan xostellardan birida yirik oʻgʻrilik yuz berdi. Bu haqda viloyat Rosgvardiya boshqarmasi matbuot xizmati maʼlumotlariga tayanib, mahalliy OAV xabar bermoqda.
Zapadnaya koʻchasidagi xostelga tunda «Xavf» (Trevoga) tugmasi bosilgani sababli Rosgvardiya xodimlari yetib kelishgan. Surishtiruv davomida maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi tunda xonadoshlarining yoʻqligidan foydalanib, ulardan biriga tegishli boʻlgan 250 ming rubllik oltin va zargarlik buyumlarini oʻgʻirlab ketgan.
Oʻgʻri jinoyat izini yashirish maqsadida taqinchoqlarni boshqa xavfsiz joyga yashirib qoʻygan va hech narsa boʻlmagandek xonaga qaytib kelgan. Biroq u koʻp oʻtmay voqea joyida qoʻlga olindi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻgʻrilikda gumonlanayotgan 26 yoshli yaqin xorij davlatlaridan birining fuqarosini voqeaga toʻliq oydinlik kiritish va tergov harakatlarini olib borish uchun politsiya boʻlimiga topshirishgan. Xozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.









