SOS
Mehnat

Belarusda 800 ga yaqin ish o'rni ochildi: o'zbekistonliklar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Belarusda 800 ga yaqin ish o'rni ochildi: o'zbekistonliklar uchun qanday imkoniyatlar bor?

O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Muhsinxo'ja Abdurahmonov Belarusning O'zbekistondagi elchisi Aleksandr Oгородnikov bilan uchrashuv o'tkazdi. Muzokaralar davomida o'zbekistonlik fuqarolarni Belarusga, xususan, Vitebsk viloyatiga uyushgan tartibda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Belaruslik ish beruvchilar tomonidan 800 nafarga yaqin xodimga ehtiyoj bildirilgan. Hozirgi kunda Andijon viloyatidan taqdim etilgan nomzodlar hujjatlari tekshirilib, 204 nafar fuqarodan iborat ro'yxat shakllantirildi. Kelgusida tanlovga respublikaning barcha hududlaridan talabgorlar jalb etilishi rejalashtirilgan.

Taklif etilayotgan ish o'rinlari asosan chorvachilik, traktorchilik, haydovchilik va yordamchi ishlar yo'nalishlarini qamrab oladi. Nomzodlarning hujjatlari va kasbiy ko'nikmalari dastlabki bosqichda tekshiruvdan o'tkaziladi, yakuniy tanlov esa Belarus ish beruvchilari bilan onlayn suhbatlar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarning yo'l xarajatlarini ish beruvchi tomonidan oldindan qoplash imkoniyatlarini o'rganish taklifi ham ilgari surildi. Ushbu hamkorlik o'zbekistonlik migrantlar uchun xavfsiz va rasmiy ish sharoitlarini ta'minlashga qaratilgan.

28.09.20265