SOS
Mehnat

Rossiya qurilish sektorida o‘zbekistonlik ishchilarga talab oshmoqda

Rossiya qurilish sektorida o‘zbekistonlik ishchilarga talab oshmoqda

Rossiya Milliy qurilish birlashmasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkovning ma'lum qilishicha, mamlakat qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan xorijlik ishchilar soni so‘nggi bir yil ichida qariyb 20 ming nafarga yoki 5 foizga oshgan.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya qurilish maydonlarida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolar orasida o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ulardan keyingi o‘rinlarda tojikistonlik ishchilar qayd etilgan.

Shuningdek, sohada yangi tendensiyalar kuzatilmoqda. Xususan, qurilish kompaniyalari tomonidan hindistonlik ishchilarni jalb qilish ko‘lami kengaygan va ular hozirda eng ko‘p xorijlik ishchi kuchi keltirayotgan davlatlar beshligiga kirgan.

Ushbu ma'lumotlar Rossiya qurilish bozorida mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligini va o‘zbekistonlik mutaxassislarning ushbu sohadagi o‘rni muhimligicha qolayotganini ko‘rsatadi.

02.09.202620