SOS
Mehnat

Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgda hamyurtlarimizni ishga joylashtirish masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgda hamyurtlarimizni ishga joylashtirish masalasini muhokama qildi

8-sentabr kuni Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Rossiyaning yirik ish beruvchi korxonalari va soha vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda Xalqaro mehnat migratsiyasiga koʻmaklashish assotsiatsiyasi prezidenti Yelena Demina hamda Rossiyaning “Master Print”, “Shopen”, “Injiniring SV”, “Makaronika”, “BFA” va “Avangard” kabi yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga uyushgan holda jalb qilish hamda ular uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat boʻldi. Muloqot davomida mazkur kompaniyalarda 1 000 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi aniqlandi.

Tomonlar mavjud vakansiyalar boʻyicha nomzodlarni saralab olish, ularni kasb-hunarga tayyorlash va xavfsiz ishga joylashtirish mexanizmlarini kelishib oldilar. Shuningdek, oʻzbekistonlik vakillar Xalqaro mehnat migratsiyasi markazi faoliyati va u yerda xorijiy ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

08.09.202616