Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot (MXT) hamda Migratsiya agentligi hamkorligida xorijdan qaytgan fuqarolar uchun yangi grant tanlovi e'lon qilindi. Ushbu tashabbus Shvetsiya Adliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Tanlovda 2025–2026-yillarda xorijda ishlab, O'zbekistonga qaytgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Dastur doirasida biznesni rivojlantirish bo'yicha aniq va asoslangan g'oyaga ega bo'lgan, yangi ish o'rinlari yaratish hamda mavjud biznesning barqarorligini ta'minlashni maqsad qilgan nomzodlarga ustunlik beriladi. Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari alohida qo'llab-quvvatlanadi.
Grant olish uchun arizalar joriy yilning 21-sentabriga qadar qabul qilinadi. Qiziquvchilar maxsus *[elektron shaklni]*(https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfW-51HnsIY9bN55rq6h0vRDj7oxLWkgQiyWjE8Of_W2jCETQ/viewform?pli=1) to'ldirishlari va o'z biznes loyihalarini taqdim etishlari lozim.
Tanlov shartlari va hujjatlarni topshirish bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni Migratsiya agentligining rasmiy kanallari yoki +998 90 021 50 38 Telegram raqami orqali olish mumkin.









