SOS
Siyosat

2027-yilda 8 ta hududda migrantlarning taksi va kuryerlik faoliyatiga taqiq joriy etiladi

2027-yilda 8 ta hududda migrantlarning taksi va kuryerlik faoliyatiga taqiq joriy etiladi

Rossiya hukumati tomonidan tayyorlangan yangi loyihaga ko'ra, 2027-yilda mamlakatning sakkizta hududida xorijlik migrantlarning taksi haydovchisi bo'lib ishlashi taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu cheklovlar Mordoviya, Chuvashiya, Tatariston, Udmurtiya, shuningdek, Sverdlovsk, Orenburg, Ulyanovsk va Yahudiy avtonom viloyatlariga taalluqli bo'ladi.

Bundan tashqari, Kaluga viloyatida xorijlik fuqarolarning kuryerlik xizmatlarida ishlashiga ruxsat berilmaydi. Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu hujjat oktyabr oyi oxirida Rossiya uch tomonlama komissiyasi tomonidan ma'qullangan va keyingi bosqichda Bosh vazir Mixail Mishustin tomonidan imzolanishi kutilmoqda.

Cheklovlar joriy etilishiga sabab sifatida hududlardagi yo'l-transport hodisalari statistikasi keltirilmoqda. Xususan, Mordoviya IIV ma'lumotlariga ko'ra, 2024–2025-yillar davomida ushbu hududda xorijliklar ishtirokida 24 ta yo'l-transport hodisasi qayd etilgan bo'lib, ularning 6 tasi o'lim bilan yakunlangan.

Rasmiy hujjatlarda qayd etilishicha, qoidabuzarliklar nafaqat yo'l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, balki taksi sohasidagi noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan ham bog'liq. Shuningdek, qoidabuzarlik sodir etgan shaxslar ko'pincha ma'muriy jazolardan qochishga urinishi ta'kidlangan.

09.11.20269