Rossiya Federatsiyasining migratsiya qonunchiligidagi yangi oʻzgarishlar byurokratiya hisobiga ish beruvchilar uchun jarayonlarni haddan tashqari murakkablashtirib yuborishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha maxsus vakili, Rossiya-Xitoy doʻstlik, tinchlik va taraqqiyot qoʻmitasi hamraisi Boris Titov Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF/VEF) yakunlari boʻyicha TASS agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
"Bizda yanada tizimli strategiya shakllandi. Kelgusi yildan boshlab koʻp narsa oʻzgaradi. Meni ish beruvchi sifatida tashvishlantirayotgan yagona narsa — bu tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilishda Ichki ishlar vazirligiga (IIV/MVD) ajratilgan juda katta rol. Ortiqcha byurokratiya ishlarni yanada murakkablashtirib yuborishidan xavotirdaman, ish beruvchilarga koʻproq moslashuvchanlik berish zarur edi", — dedi u Rossiyadagi mehnat migratsiyasi strategiyasini sharhlar ekan.Sharqiy iqtisodiy forum 1–4-sentabr kunlari Vladivostokda, Uzoq Sharq federal universiteti kampusi maydonida boʻlib oʻtdi. 2026-yildagi ShIFning asosiy mavzusi — "Uzoq Sharq — insonlar farovonligi yoʻlidagi taraqqiyot". Tashkilotchi — Rossiya Federatsiyasi hukumati qoʻllab-quvvatlovi ostidagi "Roskongress" fondi. TASS — bosh axborot hamkori hisoblanadi.









