SOS
Siyosat

Rossiyadagi migrantlar daromadi IIV tomonidan nazorat qilinadi: nimalarga e'tibor berish kerak?

Rossiyadagi migrantlar daromadi IIV tomonidan nazorat qilinadi: nimalarga e'tibor berish kerak?

Rossiya soliq organlari xorijlik ishchilarning daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlarni Ichki ishlar vazirligiga (IIV) uzatishni boshladi. Ma'lumotlar har 3, 6 va 12 oylik davrlar uchun taqdim etib boriladi. Ushbu yangi tartib migrantlarning rasmiy daromadlarini doimiy nazorat qilish imkonini beradi.

IIVning hududiy organlari olingan ma'lumotlar asosida tekshiruv o'tkazadi. Tekshiruv jarayoni haqida xorijlik fuqaro va uning ish beruvchisi «Gosuslugi» tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilinadi. Migrant va ish beruvchiga uch ish kuni davomida olingan daromadlar bo'yicha tushuntirish berish huquqi taqdim etiladi.

Tekshiruv yakunlari bo'yicha daromadning mavjudligi yoki yetarli emasligi to'g'risida qaror qabul qilinadi. Natijalar haqida xorijlik va uning ish beruvchisiga bir ish kuni ichida elektron shaklda xabar yuboriladi.

Ushbu nazorat choralari 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangi qoidalarga tayyorgarlik hisoblanadi. Unga ko'ra, migrantning rasmiy daromadi o'zi va Rossiyadagi oila a'zolari uchun belgilangan minimal iste'mol xarajatlaridan (projirochniy minimum) kam bo'lmasligi shart.

Agar daromad miqdori belgilangan talabga javob bermasa, xorijlik fuqaroning patenti bekor qilinishi yoki muddati uzaytirilmasligi mumkin. Bunday holatda migrant va uning oila a'zolari 15 kun ichida Rossiya hududini tark etishlari talab etiladi.

01.10.20266