SOS
Siyosat

Rossiyada xorijliklarni ishga olish tartibi o‘zgarishi mumkin: yangi talablar

Rossiyada xorijliklarni ishga olish tartibi o‘zgarishi mumkin: yangi talablar

Rossiya Mehnat vazirligiga ish beruvchilar uchun yangi tartibni joriy etish taklifi kiritildi. Unga ko‘ra, kompaniyalar xorijlik fuqarolarni ishga qabul qilishdan oldin bo‘sh ish o‘rniga mahalliy nomzodlar orasidan munosib kadr yo‘qligini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Ushbu tashabbusga ko‘ra, ish beruvchi avval vakansiyani «Rabota v Rossii» raqamli platformasiga joylashtirishi shart. Shundan so‘ng, bandlik xizmati ushbu talablarga mos keladigan rossiyalik nomzodlarni qidiradi. Agar munosib nomzod topilmasa, kompaniyaga xorijlik xodimni yollash uchun ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijlik xodim uchun taklif etilayotgan ish haqi va mehnat sharoitlari rossiyalik nomzodlarga taklif qilingan shartlardan yaxshiroq bo‘lmasligi lozim. Bu mexanizm ichki mehnat bozorini himoya qilish va mavjud kadrlardan samarali foydalanish maqsadida taklif etilmoqda.

Hozirgi kunda xorijlik ishchilarni jalb qilish bo‘yicha umumiy ehtiyoj belgilangan bo‘lsa-da, har bir vakansiya uchun mahalliy nomzodlarni oldindan tekshirishning yagona mexanizmi mavjud emas. Agar ushbu taklif qabul qilinsa, ish beruvchilar uchun xorijliklarni yollash jarayoni qo‘shimcha bosqich bilan murakkablashishi mumkin.

03.09.202638