Nijegorod viloyatida mehnat qilayotgan xorijlik fuqarolar uchun patent qiymatini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Viloyat Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan tegishli qonun loyihasi hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Ushbu tashabbus amalga oshsa, mintaqada ishlayotgan migrantlar uchun oylik patent to‘lovlari miqdori kamayishi mumkin. Bu o‘zgarishlar hududda mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijlik ishchilarning xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, yangi tartib 2027-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi kutilmoqda. Biroq, hujjat rasman e’lon qilinganidan keyin kamida bir oy o‘tishi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (NDFL) bo‘yicha navbatdagi soliq davrining birinchi kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi belgilangan.









