Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi (IIV) mehnat migrantlarining ishlamaydigan qarindoshlarini Rossiyaga olib kelish imkoniyatlarini moliyaviy jihatdan cheklashni ko'zda tutuvchi qonun loyihasini ilgari surdi.
Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev Federatsiya Kengashidagi "hukumat soati"da so'zga chiqib, 2027-yildan boshlab mamlakatga kelayotgan har bir oila a'zosi uchun qo'shimcha soliq to'lovi joriy etilishini ma'lum qildi.
Ushbu tashabbus migrantlarning ishlamaydigan oila a'zolarini Rossiyaga olib kelish tartibini tartibga solish va moliyaviy majburiyatlarni belgilashga qaratilgan. Hozircha soliqning aniq miqdori va uni to'lash tartibi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar ochiqlanmagan.
Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolar ushbu o'zgarishlar 2027-yildan kuchga kirishi mumkinligini inobatga olib, oila a'zolarini olib kelish bilan bog'liq rejalarni rejalashtirishda ushbu moliyaviy omilni hisobga olishlari tavsiya etiladi.









