SOS
Siyosat

“Amina” ilovasidagi nosozliklar: migrantlar migratsiya hisobidan chiqarilishi mumkin

“Amina” ilovasidagi nosozliklar: migrantlar migratsiya hisobidan chiqarilishi mumkin

Moskva va Moskva viloyatida istiqomat qiluvchi xorijlik fuqarolar “Amina” ilovasining ishlashida 2-3 kundan buyon ommaviy nosozliklar kuzatilayotganidan shikoyat qilmoqda. Foydalanuvchilarning ma'lum qilishicha, ilova mobil internet orqali umuman ishlamayapti, ayrim hollarda esa faqat Wi-Fi tarmog'i orqali kirish imkoni bo'lmoqda. Muammolar T2, MTS va “Bilayn” kabi turli aloqa operatorlari abonentlarida qayd etilgan.

Ilova ishlab chiquvchilari nosozliklarning sabablari va ularni bartaraf etish muddatlari bo'yicha hozircha rasmiy izoh bermadi. 1-sentyabrda yangilangan 2.6.1 versiyasi ham tizimdagi xatoliklarni bartaraf etishga yordam bermagan. Eslatib o'tamiz, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab ilovadan foydalanishi shart bo'lgan shaxslar doirasi kengaytirilgan edi.

Ushbu vaziyat migrantlar uchun jiddiy xavf tug'diradi, chunki xorijliklar o'z turgan joyi haqidagi ma'lumotlarni Rossiya IIVga aynan shu ilova orqali yuborishlari shart. Qoidalarga ko'ra, agar ilova 3 ish kunidan ortiq vaqt davomida joylashuv haqidagi ma'lumotlarni yubormasa, foydalanuvchi migratsiya hisobidan avtomatik tarzda chiqarib tashlanishi mumkin.

Shu sababli, migrantlarga o'z profillarida joylashuv ma'lumotlari muvaffaqiyatli yuborilayotganini diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi. Ilgari, 2026-yil iyun va iyul oylarida ham ilova faoliyatida shunga o'xshash nosozliklar kuzatilgan edi.

21.09.20262