Kaliningrad viloyati gubernatori Aleksey Besprozvannix xorijiy fuqarolar uchun mehnat patenti narxini oshirishni ko‘zda tutuvchi mintaqaviy qonunni imzoladi. Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga muvofiq, kelgusi yildan viloyatda mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlar uchun oylik to‘lov miqdori ish beruvchining toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi: • Tashkilot va YaTT xodimlari uchun. Yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘lida ishlovchi migrantlar uchun mintaqaviy koeffitsiyent 3,2 dan 3,3 ga ko‘tariladi. Natijada, hozirda 10 913 rublni tashkil etayotgan oylik patent to‘lovi 2027-yil 1-yanvardan 11 904 rublga yetadi. • Jismoniy shaxslar qo‘lida ishlovchilar uchun. Shaxsiy va uy-ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun jismoniy shaxslarga yollangan xorijliklarga bazaviy stavka 1 200 rubldan 1 700 rublga oshirildi. Shu sababli ushbu toifadagi ishchilar uchun patent narxi oyiga 16 864 rubl etib belgilandi.
Oilali migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lov Shuningdek, federal qonunchilikdagi o‘zgarishlarga asosan, 2027-yildan boshlab Rossiya hududida qaramog‘ida 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bo‘lgan mehnat migrantlariga qo‘shimcha moliyaviy majburiyat yuklatiladi. Unga ko‘ra, patent egasi har bir voyaga yetmagan farzandi uchun belgilangan oylik patent to‘lovining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lashi shart bo‘ladi. Mazkur o‘zgarishlar hududiy mehnat bozorini tartibga solish va mahalliy budjet tushumlarini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.









