SOS
Siyosat

Kursk viloyatida ishlovchi migrantlar uchun patent to'lovi oshirilishi kutilmoqda

Kursk viloyatida ishlovchi migrantlar uchun patent to'lovi oshirilishi kutilmoqda

Kursk viloyati gubernatori mintaqada patent asosida ishlayotgan xorijlik fuqarolar uchun soliq yukini oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu o'zgarish mehnat patenti qiymatiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan mintaqaviy deflyator koeffitsiyentini qayta ko'rib chiqishni nazarda tutadi.

Ma'lumot uchun, xorijlik ishchilar daromad solig'ini (NDFL) belgilangan avans to'lovlari ko'rinishida to'laydi. Bunda 1200 rubl miqdoridagi bazaviy hisob-kitob summasi har yili mahalliy mehnat bozori va inflyatsiya darajasiga qarab indeksatsiya qilinadigan mintaqaviy koeffitsiyentga ko'paytiriladi.

2025-yilda Kursk viloyatida ushbu koeffitsiyent 2,92 darajasida belgilangan bo'lsa, 2026-yil uchun uni 3,07 ga, 2027-yilga kelib esa 3,4217 ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Mintaqa hukumati ushbu qarorni narxlar o'sishi prognozi va mahalliy byudjet balansini saqlash zarurati bilan izohlamoqda.

Kursk viloyati Dumasi vakillarining ta'kidlashicha, agar yangi koeffitsiyent o'z vaqtida tasdiqlanmasa, u avtomatik ravishda birga tenglashib qoladi. Bu esa mintaqa byudjetiga tushumning taxminan 238,7 million rublga kamayishiga olib kelishi mumkin.

Patent qiymatini oshirish bo'yicha yakuniy qaror yaqin vaqt ichida Kursk viloyati Dumasi deputatlari tomonidan qabul qilinadi.

03.11.20261