SOS
Siyosat

Migratsiyadan qaytganlar uchun yangi ish o'rinlari yaratish vazifasi qo'yildi

Migratsiyadan qaytganlar uchun yangi ish o'rinlari yaratish vazifasi qo'yildi

Buxoro viloyatiga tashrifi chog'ida Prezident Shavkat Mirziyoyev hudud iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini yaxshilash masalalariga to'xtaldi. Yig'ilishda viloyat iqtisodiyoti 100 trillion so'mlik marradan oshgani va 10,1 foiz o'sish kuzatilgani qayd etildi. Shunga qaramay, hududda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamon saqlanib qolmoqda.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Buxoro viloyatidan 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida yuribdi. Xorijdan qaytgan 24 ming kishi esa hali ham ish bilan ta'minlanmagan. Shuningdek, viloyat bo'yicha ishsizlar soni 40 mingga yaqinni tashkil etadi, 270 ming nafar aholining daromadi esa o'rtacha ko'rsatkichdan past darajada qolmoqda.

Davlat rahbari hududlardagi iqtisodiy ko'rsatkichlar va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha hisobotlarga tanqidiy yondashish zarurligini ta'kidladi. “Bundan buyon “kambag'al oila qolmadi” degan hisobot o'tmaydi”, — dedi Prezident. Bu o'zgarishlar hududda haqiqiy daromad manbalarini yaratishni talab qiladi.

Mas'ul rahbarlarga xorijda past maosh evaziga ishlayotgan vatandoshlarni kasb-hunarga o'qitish va ularni yuqori daromadli ish o'rinlari bilan ta'minlash topshirig'i berildi. Shuningdek, daromadi o'rtacha ko'rsatkichdan past bo'lgan 270 ming nafar aholini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tumanlar kesimida aniq reja ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

04.11.20267