Nijniy Novgorod viloyati budjetiga 2026-yilning o'n oyi davomida xorijlik fuqarolardan daromad solig'i bo'yicha 2 mlrd 375,9 mln rubl miqdorida avans to'lovlari kelib tushdi. Rossiya Federal soliq xizmatining mintaqaviy boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich 2025-yilning shu davridagi 2 mlrd 428,9 mln rublga nisbatan 2,2 foizga kamroqdir.
Budjet tushumlarining kamayishi patent narxining sezilarli darajada oshishi fonida kuzatilmoqda. Agar 2025-yilda oylik patent to'lovi 9 279 rublni tashkil etgan bo'lsa, 2026-yilda bu summa 11 800 rublgacha ko'tarildi. Kelgusi yilda esa mazkur to'lov miqdori 12 322 rublgacha yetishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.
Mintaqadagi mehnat migrantlari asosan qurilish, qishloq xo'jaligi va qayta ishlash sanoati korxonalarida faoliyat yuritadi. Biroq xorijlik ishchilar soni bosqichma-bosqich qisqarishi kutilmoqda. Rasmiy prognozlarga ko'ra, 2025-yilda 44,8 ming nafarni tashkil etgan xorijlik ishchilar soni 2029-yilga kelib 37 ming kishigacha kamayishi mumkin.









