SOS
Siyosat

Rossiya Davlat Dumasi migrantlar uchun yangi cheklovlarni rad etdi

Rossiya Davlat Dumasi migrantlar uchun yangi cheklovlarni rad etdi

Rossiya Davlat Dumasi 2026-yil 22-oktabr kuni migratsiya qoidalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko'rib chiqdi va ularni rad etdi. Ushbu tashabbuslar parlamentdagi ayrim fraksiyalar tomonidan ilgari surilgan bo'lib, xorijlik ishchilarning mehnat faoliyati, pul o'tkazmalari va fuqarolik masalalariga daxldor edi.

Rad etilgan takliflar orasida patent tizimini butunlay bekor qilish va vizasiz tartibda keluvchi xorijlik ishchilarni faqat aniq ish beruvchiga bog'liq bo'lgan tashkiliy yollash tizimiga o'tkazish rejasi bor edi. Shuningdek, chet elga pul o'tkazmalarini faqat rasmiy tasdiqlangan ish haqi miqdori bilan cheklash, migratsiya hisobidagi birlamchi qoidabuzarliklar uchun majburiy deportatsiya joriy etish hamda Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish asoslarini kengaytirish kabi takliflar ham rad etildi.

Profil qo'mitasi mazkur takliflarni ortiqcha deb topdi va amaldagi nazorat mexanizmlari, jumladan, nazorat ostidagi shaxslar reestri hamda biometrik hisobga olish tizimlari yetarli ekanligini ta'kidladi. Bu qaror natijasida patent tizimi o'z kuchida qoladi va migratsiya hisobidagi ayrim qoidabuzarliklar uchun majburiy chiqarib yuborish o'rniga jarima qo'llash amaliyoti davom etadi.

Shuni yodda tutish kerakki, ushbu qaror Rossiyaning umumiy migratsiya siyosati yumshaganini anglatmaydi. Amaldagi barcha cheklovlar o'z kuchida qolmoqda. Bundan tashqari, Rossiya hududlari alohida sohalarda xorijliklar ishlashini taqiqlash yoki mehnat patentlari narxini qayta ko'rib chiqish vakolatiga ega ekanligini unutmaslik lozim.

31.10.20261