SOS
Siyosat

Rossiya ish va oʻqish maqsadida kelayotgan chet el fuqarolarini mamnuniyat bilan kutib oladi, dedi Mariya Zaxarova.

Rossiya ish va oʻqish maqsadida kelayotgan chet el fuqarolarini mamnuniyat bilan kutib oladi, dedi Mariya Zaxarova.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning 16-sentyabr kuni ma'lum qilishicha, mamlakat ishlash yoki o'qish uchun kelgan xorijliklar uchun qonuniy bo'lishning sodda va tushunarli qoidalarini joriy etmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, ma'muriy tartib-taomillarni yengillashtirish va raqamli servislar orqali ish jarayonlarini shaffoflashtirish hamda ish beruvchilarning noqonuniy sxemalaridan himoya qilish choralari ko'rilmoqda.

Shu bilan birga, Rossiyada migratsiya qonunchiligi nazorati kuchayib bormoqda. Xususan, 1-sentyabrdan boshlab Rossiyada uch oydan ortiq bo'lib turgan xorijliklar uchun majburiy tibbiy ko'rikdan o'tish muddati 90 kundan 30 kungacha qisqartirildi. Bu migrantlardan hujjatlarni rasmiylashtirishda tezkorlikni talab qiladi.

Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan boshlab mehnat migrantlari uchun yangi moliyaviy majburiyat joriy etilishi kutilmoqda. Ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmati boshlig'i Andrey Kikotning 10-sentyabrdagi bayonotiga ko'ra, ishlayotgan migrantlar Rossiyada yashayotgan har bir ishlamaydigan oila a'zosi uchun soliq to'lashlari shart bo'ladi. Ushbu chora oila a'zolarining mamlakatda bo'lishini cheklash maqsadida ishlab chiqilgan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

17.09.20261